Oʻzbekiston 2022-yilda 30 ta davlatga mosh eksport qilgan
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston 30 ta davlatga qiymati 93,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 122,3 ming tonna mosh eksport qilgan.
Mosh eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 ming kamaygan.
Oʻzbekiston eng koʻp mosh eksport qilgan davlatlar:
— Xitoy – 107,1 ming tonna;
— Qozogʻiston – 7,9 ming tonna;
— Eron – 1,7 ming tonna;
— Tojikiston – 1,5 ming tonna.
2022-yilda xorijga eng koʻp mosh eksport qilgan hududlar:
— Toshkent viloyati – 51,2 ming tonna;
— Namangan viloyati – 21,3 ming tonna;
— Jizzax viloyati – 16,1 ming tonna;
— Samarqand viloyati – 13,6 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring