Oʻzbekiston 2 oyda Turkiyaga 15,4 ming tonna polietilen eksport qilgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 13 ta xorijiy davlatga qiymati 45,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 44,1 ming tonna polietilen eksport qilgan.
Polietilen eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,9 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:
— Turkiya – 15,4 ming tonna;
— Xitoy – 9,2 ming tonna;
— Latviya – 7,1 ming tonna;
— Rossiya – 5,4 ming tonna;
— Qozogʻiston – 2,1 ming tonna;
— Ukraina – 1,9 ming tonna;
— Buyuk Britaniya – 1,9 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring