Oʻzbekiston 2 oyda 8 ta davlatga televizor eksport qilgan
Foto: Arxiv surat
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga qiymati 14,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 51,9 mingta televizor eksport qilgan.
Televizor eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 30,1 mingtaga oshgan.
Oʻzbekiston 2 oyda eng koʻp televizor eksport qilingan davlatlar:
— Rossiya – 34,6 mingta;
— Belarus – 6,3 mingta;
— Ozarbayjon – 4,9 mingta;
— Qozogʻiston – 4,4 mingta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring