Oʻzbekiston 2 oyda 22 ta davlatga yeryongʻoq eksport qilgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 22 ta davlatga qiymati 4,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,2 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.
Yeryongʻoq eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 288 tonnaga kamaygan.
Oʻzbekiston 2022-yilning dastlabki ikki oyida eng koʻp yeryongʻoq eksport qilgan davlatlar:
— Ozarbayjon – 974 tonna
— Qozogʻiston – 963 tonna
— Rossiya – 434 tonna
— Afgʻoniston – 326 tonna
— Pokiston – 325 tonna
— Turkmaniston – 258 tonna
— Ukraina – 190 tonna
— Niderlandiya – 134 tonna
— Xitoy – 130 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring