Oʻzbekiston 15 ta davlatga gilos eksport qilgan
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida 15 ta davlatga qiymati 38,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 32,8 ming tonna gilos eksport qilgan.
Gilos eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,4 ming tonnaga oshgan.
2023-yilning 5 oyida Oʻzbekiston eng koʻp gilos eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 19,8 ming tonna
— Qozogʻiston – 6,4 ming tonna
— Qirgʻiz R. – 6,1 ming tonna
— Belarus – 333 tonna
— BAA – 36 tonna
— Xitoy – 29 tonna
— Malayziya – 17 tonna
— Saudiya Arabistoni – 10,5 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring