“Oʻzbekgidroenergo” AJ delegatsiyasi nufuzli “Power China” energetik kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi
Kecha, 25-yanvar kuni Xitoy davlatiga xizmat safari dasturi doirasida Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov boshchiligidagi “Oʻzbekgidroenergo” AJ delegatsiyasi vakillari nufuzli “Power China” energetik kompaniyasi hamda uning tizimidagi “Huadong Engineering” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tadbir davomidagi muzokaralarda oʻzaro hamkorlik doirasida istiqbolli loyihalar ustida ishlash, asosiy hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab olish, zaruriy jihoz va qurilmalarni yetkazish, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kompaniya tarkibidagi Loyiha instituti faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring