Oʻzbekcha Vikipediya Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi
Foto: Illustrativ surat
Joriy yilning 14–20-aprel kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻzbek tilining jahon internet tarmogʻidagi nufuzini oshirishga qaratilgan “VikiOromgoh” loyihasi start berildi.
Agentlikka koʻra, loyiha davomida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan oʻzbekcha Vikipediyaga maqola kiritish koʻnikmalari oʻrgatilmoqda. Oromgohga qadar Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar soni 224 317 tani tashkil etgan boʻlsa, ayni damda 233 mingga yetgan.
Dastlabki uch kunda oʻsishlar soni qariyb 10 ming maqolaga yetib, jahon Vikipediyalar tizmasida 45-oʻringa koʻtarildi hamda Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi.
Oʻzbek tilidagi maqolalar soni 233 mingdan oshib, butunjahon Vikipediyalar tizmasida 45-oʻringa koʻtarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring