Oʻzbek travmatologlari tajribasi xalqaro mutaxassislarda katta qiziqish uygʻotdi

13:49 28 Iyun 2023 Dunyo
938 0

Rossiyaning Qozon shahrida 70 ta davlatdan kelgan 7 mingdan ortiq delegatlar ishtirokida Yevroosiyo ortopediya forumi boʻlib oʻtdi.

Onlayn va offlayn formatda tashkil etilgan tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 9 nafar hamda yurtimizdagi boshqa tibbiyot va taʼlim muassasalarining 6 nafar mutaxassisi ham qatnashdi.

Travmatologiya va ortopediya sohasiga doir dolzarb masalalar muhokama qilingan anjuman doirasidagi 15 ta seksiya yigʻilishlarida markaz mutaxassislari 20 ta maʼruza bilan chiqish qildi.

Xususan, tizza va son-chanoq boʻgʻimi patologiyalari, umurtqa va yelka boʻgʻimlari kasalliklarini zamonaviy usullarda muolaja qilish, bolalarda tugʻma anomaliyalarni tashxislash hamda davolash bilan bogʻliq mamlakatimiz tajribasi qatnashchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi vakillari 9 ta yoʻnalish boʻyicha mahorat darslarida qatnashib, eng ilgʻor tibbiy texnika hamda operatsiya usullari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер