“Wikipedia”da oʻzbek tilidagi maqolalar soni 300 mingdan oshdi

12:33 02 Iyul 2024 Jamiyat
287 0

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev oʻzbekcha “Wikipedia”dagi maqolalar soni 300 000 dan oshganligini maʼlum qildi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkazilayotgan “WikiStipendiya” marafoni uchinchi mavsumi doirasida oʻzbekcha “Wikipedia”dagi maqolalar soni 259 mingdan 300 mingtaga yetdi.

Shu tariqa ona tilimiz vikireytingida 42-oʻrindan 40-oʻringa koʻtarildi.

2023-yil soʻnggida Oʻzbekiston “Wikipedia”da davlat tilida chiqqan maqolalar soni boʻyicha Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni egallagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер