Oʻzbek palovi Stokgolmda boʻlib oʻtgan koʻrgazmada eng yaxshi milliy taom deb topildi
Arxiv surat
Stokgolm diplomatlar assotsiatsiyasi tomonidan Buyuk Britaniyaning Shvetsiyadagi elchixonasi binosida “Food and Beer” milliy taom va ichimliklar koʻrgazma yarmarkasi oʻtkazildi.
Har yili oʻtkazilib kelinadigan ushbu madaniy koʻrgazmadagi Oʻzbekiston vakillarining ilk ishtiroki qatnashchilar tomonidan iliq kutib olindi. Yarmarka yakunida Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi “Eng yaxshi milliy taom” yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ishtirokchilar tomonidan Oʻzbekistonning osh somsa kabi milliy taomlari, shuningdek, qovun juda yuqori baholandi.
Tadbir davomida shved biznes vakillari bilan Oʻzbekiston mahsulotlarining Shvetsiyaga eksportini yoʻlga qoʻyish masalasini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Koʻrgazma yarmarkada Armaniston, Avstriya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Gretsiya, Islandiya, Latviya, Meksika, Slovakiya, Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston, Chexiya, Shvetsiya, Estoniya, Yaponiya va Avstraliya, Yangi Zelandiyaning diplomatik vakolatxonalari oʻzlarining milliy taomlari va ichimliklari bilan ishtirok etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring