Oʻzbek olimlarining kitobi Germaniyada chop etildi

15:54 16 Noyabr 2021 Jamiyat
739 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) faoliyati misolida Qizilqum mintaqasini uzoq muddatli innovatsion rivojlantirish strategiyasiga bagʻishlangan “Strategy of the long-term development of the Kyzylkum region” nomli kitob Germaniyada nashr etildi.

NKMK bosh direktori, texnika fanlari doktori, professor Q.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor A.Qodirov muallifligidagi mazkur kitob ingliz va rus tillarida nashr etilgan boʻlib, unda korxona faoliyati negizida Qizilqum mintaqasini uzoq muddatli innovatsion rivojlantirish strategiyasining konseptual asoslarini ishlab chiqish, mintaqaning ekologik, energetika va suv resurslaridan foydalanish holati hamda istiqbollarini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

Shuningdek, ushbu kitobda Qizilqum mintaqasida ishga tushirilayotgan yangi obyektlarni inobatga olgan holda investitsiya, mahalliylashtirish va tarmoqlararo kooperatsiya hamda mintaqaning tarkibini tabiiy-sanoat tizim sifatida shakllantirish masalalari tahlil etilgan.

Kitob yirik tuzilmalarni tizimli tahlil qilish, hududlar va konchilik sanoati majmualarini rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi olimlar, mutaxassislarning keng doirasi, oliy taʼlim muassasalarining magistr va doktorantlari uchun moʻljallangan.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер