O’zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Sodiqovich Yuldаshev bugun, 28-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi. Bu haqida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz. Sizni unutmaymiz Behzod Sadiqovich!” deb yozdi akademiya matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun, Behzod Yuldаshev yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va eʼtirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor hisoblanadi. U 1945-yil 9-mayda Toshkentda tug‘ilgan, fizik olim, Fanlar akademiyasi akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1981), professor (1987). ToshDUni tamomlagan (1968). U 2000-yildan 2005-yilgacha va 2017-yildan beri Fanlar akademiyasi prezidenti bo‘lgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring