Oʻzbek futboli tarixida yangilik
Oʻzbek futboli tarixida birinchi marta mamlakat Superligasi oʻyinini ayol hakamlar boshqaradi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“29-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan Superliga 30-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Shoʻrtan” uchrashuvi tarixiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur bahsni ilk bor Oʻzbekiston Superligasi darajasida ayol mutaxassis — Nasibabonu Toshmuxammedova boshqarib boradi.
Unga qanotlarda tajribali yordamchi hokamlar — Kristina Seryoda va Zilola Rahmatova yordam beradi“, — deyiladi manba xabarda.
Maʼlumot uchun, oʻzbek futboli tarixidan oʻrin oladigan Nasibabonu Toshmuxammedova Oʻzbekistonning yosh hakamlaridan hisoblanadi. U 2003-yili Andijon viloyatida tavallud topgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring