Oʻzbek adibasi Pushkin medali sohibasiga aylandi
Oʻzbekiston mustaqilligining 32 yilligi arafasida “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan yozuvchi va tarjimon Muhabbat Yoʻldoshevaga Rossiyadan ajoyib xushxabar keldi.
30 nafardan oshiq oʻzbek yozuvchilarining 100dan oshiq asarlarini rus tiliga badiiy tarjima qilib, ularning Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston Respublikasi kabi qator davlatlarning nashrlarida chop etilishiga koʻmaklashgan Muhabbat Yoʻldosheva oʻzbek va rus adabiyoti oʻrtasidagi adabiy doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish yoʻlidagi xizmatlari uchun “A.S.Pushkin 200-yilligi” medali bilan taqdirlandi va rahmatnoma eʼlon qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring