“Oʻzaviatsiya” agentligi delegatsiyasi ISAO seminarida ishtirok etmoqda

18:11 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
105 0

“Oʻzaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya 23-25 oktyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan “Fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash davlat dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi ISAO seminarida ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori ISAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosi hamda Turkiya aviatsiya maʼmuriyati rahbari bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Muzokaralar fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash davlat dasturini ISAO tavsiyalariga muvofiq takomillashtirish hamda Turkiya aviatsiya maʼmuriyati bilan ushbu masalada hamkorlikni rivojlantirishga bagʻishlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер