Ozarbayjon Ukrainaga 2 mln dollarlik elektr jihozlari yuborishga qaror qildi
Foto: AP
Prezident Ilhom Aliyev mamlakat Energetika vazirligiga Ukrainaga insonparvarlik yordami koʻrsatish uchun 2 mln dollar ajratish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti rasmiy saytida eʼlon qilindi.
Maʼlumotga koʻra, mablagʻ Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan elektr jihozlarini xarid qilish va Kiyevga yuborish uchun ajratiladi.
Ozarbayjon avval ham Ukrainaga yordam yoʻllagan — 2025-yil fevralda Aliyev Ukraina uchun 1 mln dollarlik elektr jihozlarini moliyalashtirgan, 2023-yil iyulida esa 7,6 mln dollarlik yordam yoʻllagan.
2022-yilda esa mamlakat Ukrainaga umumiy qiymati 30 mln manat (17,6 mln dollar)dan ortiq insonparvarlik yordami koʻrsatgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring