Ozarbayjon Respublikasining bir guruh fuqarolarini mukofotlash toʻgʻrisida
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan, ilm-fan va madaniy-gumanitar aloqalarni amaliy maʼno-mazmun hamda yangi tashabbuslar bilan boyitish, ikki mamlakatning qardosh xalqlari oʻrtasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlashga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Mammadova Gulyanaq Zakir qizi - R. Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat musiqa teatri vokalisti
“Doʻstlik” ordeni bilan
Mustafayev Shahin Majid oʻgʻli - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining akademik Z.M. Bunyadov nomidagi sharqshunoslik instituti boʻlim mudiri, akademik
Askarov Ramiz Baxshali oʻgʻli - Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor
Binnatova Almas Qasim qizi - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarbayjon – Turkmaniston – Oʻzbekiston adabiy aloqalari” boʻlimi mudiri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring