“Oʻzagrosugʻurta” Belarus sugʻurta kompaniyasi bilan memorandum imzolandi

17:53 21 Noyabr 2018 Jamiyat
1479 0

Foto: “Uzagrosugurta”

“Oʻzagrosugʻurta” AJ va Belorussiya Respublikasining “Belgosstrax” sugʻurta tashkiloti oʻrtasida xalqaro hamkorlik faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tomonlar istiqboldagi rejalar va hamkorlikdagi ishlar borasida oʻzaro fikr almashdilar. Muzokaralar natijasida ikki sugʻurta tashkiloti oʻrtasida aloqalarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Bugungi kunda “Oʻzagrosugʻurta” AJ yurtimiz sugʻurta bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlgan yirik sugʻurta jamiyati hisoblanadi. Jamiyat tomonidan qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurtalash, aholi sugʻurtasi, majburiy sugʻurta turlari, tadbirkorlarni sugʻurtalash yoʻnalishlarida sugʻurta xizmatlari koʻrsatilib, mijozlar soni yildan-yilga oshib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер