“Oʻzaeronavigatsiya” Markazi va KAC oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 12-sentabr kuni “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK va KAC (Korean Airports Corporation) korporatsiyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK mutaxassislarini qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish, Markaz muhandis-texnik xodimlari bilan nosozliklarni bartaraf etish uchun operativ yordam koʻrsatish boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring