Oʻz joniga qasd qilishga moyil qizlar roʻyxati shakllantiriladi
Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Xalq taʼlimi vazirligi oʻz joniga qasd qilishga moyil, ruhiyatida oʻzgarish kuzatilgan oʻquvchi qizlar roʻyxatini shakllantiradi. Ularga tibbiy va psixologik koʻmak koʻrsatish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etadi. Shuningdek, vazirlik moslashtirish boʻyicha namunali markazga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga joylashtirish choralarini koʻradi.
Aytilishicha, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy hamda tumanlararo namunali markazlar Milliy gvardiyaning qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxatiga kiritilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring