Oʻz vaqtining zarbasiga chap bera oladigan odam haqiqatan buyuk insondir — buyuklardan durdonalar

18:51 15 Iyun 2021 Madaniyat
1659 0

Vaqt bizning eng qimmat va sarflanishi eng oson boʻlgan boyligimizdir. Undan toʻgʻri foydalangan odamgina yuta oladi.

Bugun eʼtiboringizga buyuklarning vaqt haqidagi fikrlarini taqdim etamiz.

Farzandlar onalaridan koʻra koʻproq yashagan zamonasiga oʻxshaydilar.

Hazrat Ali

Aslida daqiqalar uzun, yillar esa juda qisqadir.

A.Amel

Vaqt — butun fikriyu xayoli ishlash bilan band boʻlgan odamning asosiy kapitalidir.

Onore de Balzak

Vaqt intihoda oʻz shogirdlarining oʻlimiga farmon bergan eng buyuk muallimdir balki...

Gektor Berlioz

Vaqtni toʻgʻri tanlab ish yuritish uni asrab-avaylash deganidir, vaqtida qilinmagan ish esa faqat vaqt yoʻqotmoqdan boshqa narsaga olib kelmaydi.

Frensis Bekon

Vaqtni yoʻqotish — bu hech qachon oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan yoʻqotishdir.

Jorj-Lui Leklerk de Byuffon

Hayratlanish uchun bir daqiqa kifoya qiladi, ammo bu hayratomuz ishni yuzaga chiqarish uchun yillarni yillarga ulaysan kishi.

Klod Gelvetsiy

Dunyoni ikkita zolim boshqaradi: tasodif va vaqt.

Iogann Gotfrid Gerder

Oʻz vaqtining zarbasiga chap bera oladigan odam haqiqatan buyuk insondir.

Gesiod

Vaqt yoʻqotish aqlli odamlar uchun koʻproq xarajatga olib keladi.

Iogann Volfgang fon Gyote

Bugun yashirilganlarni vaqt kun kelib yuzaga chiqaradi.

Goratsiy

Vaqt — barcha iztiroblarimizga davodir.

Menandr

Vaqt — uzunligi bilan emas, chuqurligi bilan oʻlchanadi.

Yurgen Kurts

“Tong” “bugun”ning eng ashaddiy dushmanidir. “Tong” butun vujudimizni falajlaydi, bizni zaiflashtiradi va dangasa qiladi.

Eduar Rene Lefevr de Labule

Butun muammo va tashvishlarimiz vaqtning qanotlarida uchib ketadi.

Jan de Lafonten

Afsuski, umrimizdan oʻtayotgan vaqt emas, oʻzimizmiz.

Per de Ronsar

Vaqt — jonsiz abadiyatning jonli obrazidir.

Jan-Jak Russo

Ikki narsa, vaqt va sel hech qachon kutib turmaydi.

Valter Skott

Vaqt barcha yashirin narsalarni oshkor qiladi, barcha oshkor narsalarni esa yashiradi.

Sofokl

Vaqtni oʻldirar ekansan abadiyatga ham katta zarar yetkazasan.

Genri Toro

“Tong” soʻzi bolalar va jasoratsiz insonlar uchun yaratilgan.

Ivan Turgenev

Vaqt bizlarni yuksaltiradi.

Maks Frish

Bugunning bir soati ertaning ikki soatiga barobar.

Tomas Fuller

Muhlat — vaqtning haqiqiy oʻgʻrisidir.

Ernest Yunger

Tarjimon va toʻplovchi: Maqsuda Yoʻldoshova

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер