Oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni olgan 12 ta jamoa va Millatlar ligasidan 4 ta jamoa
Kecha, 18-noyabr kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralashining guruh bosqichi oʻyinlari yakunlandi.
Saralash yakuniga koʻra, 12 ta terma jamoa Jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Yana 12 ta terma jamoa esa saralashning ikkinchi bosqichida ishtirokini davom ettiradigan boʻldi.
Ushbu bosqichga yoʻl olgan 12 ta terma jamoa bilan tanishing:
Italiya;
Turkiya;
Ukraina;
Daniya;
Irlandiya;
Uels;
Polsha;
Slovakiya;
Kosova;
Chexiya;
Albaniya;
Bosniya.
Shuningdek, saralashning ushbu bosqichida Millatlar ligasida eng yaxshi natijaga ega boʻlgan quyidagi 4 ta terma jamoa ham ishtirok etadi:
Shvetsiya;
Ruminiya;
Shimoliy Irlandiya;
Shimoliy Makedoniya.
Maʼlumot uchun, ushbu bosqich oʻyinlari uchun qurʼa tashlash marosimi 20-noyabr kuni Shveysariyada boʻlib oʻtadi. Oʻyinlar esa 2026-yilning mart oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring