Ov mavsumi boshlanmoqda
Qoidalarga rioya qilmagan fuqarolarga qanday choralar koʻriladi?
Ushbu savolga “Huquqiy axborot” kanali javob berdi.
Unga koʻra, ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish:
- fuqarolarga – 1 115 000 soʻmdan 2 230 000 soʻmgacha;
- mansabdor shaxsarga esa — 2 230 000 soʻmdan 3 345 000 soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, qonunchilikda ushbu huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllangandan keyin takror sodir etganlik uchun ham javobgarlik belgilangan.
Bundan tashqari, tegishli ruxsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash:
-huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, fuqarolarga 3 345 000 soʻmdan 4 460 000 soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa — 4 460 000 soʻmdan 5 575 000 soʻmgacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, 3 yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring