OTMga oʻqishga kirishda kimlar imtiyozga ega?
Quyidagi abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozga ega:
— Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;
— xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari boʻlgan bitiruvchilar;
— Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
— “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari;
— “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi gʻoliblari;
— tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari;
— Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari;
— “Nihol” mukofoti sovrindorlari;
— Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yoʻnalishlariga);
— toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar;
— Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtab, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar;
— chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;
— harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga ega boʻlganlar;
— ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari.
Shuningdek:
— Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun oʻqish davrini aʼlo baholarga oʻqigan bitiruvchilari;
— mutaxassisligi boʻyicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar;
— ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
— ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega profilaktika (katta) inspektorlari;
— iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar;
— Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring