OTMda bahorgi semestr 1-iyulgacha yakunlanishi rostmi?
foto by: Google
Ijtimoiy tarmoqlarda oliy taʼlim muassasalarida 2019/2020-oʻquvyilining bahorgi semestri joriy yilning 1-iyul kuniga qadar toʻliq yakunlanishi haqida navbatdagi notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi munosabat bildirdi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayoniga kiritiladigan oʻzgarishlar haqida vazirlik oʻz rasmiy sahifalari va OAV orqali rasmiy maʼlumot eʼlon qiladi.
“Shu sabab talaba-yoshlar va ularning ota-onalaridan hamda keng jamoatchilikdan oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga oid maʼlumotlar bilan vazirlikning rasmiy sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanishib borishni tavsiya qilamiz.
Talabalar va oʻquvchilardan esa diqqat-eʼtiborlarini karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda salomatliklarini saqlash va masofadan taʼlim olish boʻyicha vazirlik tomonidan yaratilgan resurslardan unumli foydalanib, oʻz ustida ishlashga qaratishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring