OTM talabalari uchun yana bir stipendiya taʼsis etildi

21:31 21 Aprel 2020 Hujjatlar
1087 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yana-da oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

2020-yil oktyabr oyida buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565-yilligini keng nishonlash;

Kamoliddin Behzod xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining koʻchalaridan biriga uning nomini berish;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarida tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish;

yosh isteʼdodli ijodkorlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy sanʼati asarlari ijodiy tanlovini tashkil etish va uni har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib borish belgilanadi.

Kamoliddin Behzod tavalludining 565-yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер