Oʻtgan yili qaysi davlatlardan farmatsevtika mahsulotlari import qilingani maʼlum qilindi

20:35 07 Mart 2022 Iqtisodiyot
1373 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekistonga 63 ta davlatdan qiymati qariyb 1,6 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan farmatsevtika mahsulotlari import qilingan.

Farmatsevtika mahsulotlari importi hajmi 2020-yil bilan solishtirilganda 437 mln. AQSH dollariga oshgan.

2021-yilda Oʻzbekiston eng koʻp farmatsevtika mahsulotlarini import qilgan davlatlar:

— Hindiston – 300,8 mln.; 

— Xitoy – 290,6 mln.; 

— Rossiya – 145 mln.;

— Ukraina – 86 mln.;

— Germaniya – 78 mln.;

— Vengriya – 74 mln.;

— Latviya – 68,5 mln.;

— Turkiya – 66 mln AQSH dollari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер