Oʻtgan yili Oʻzbekistonda qancha qurilish amalga oshirildi?
Foto: Arxiv surat
Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasida 233,8 trillion soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2023-yilga qaraganda 8,8, 2022-yildan esa 15,2 foizga koʻproq.
2025-yilning 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 27 408 tani tashkil etgan.
Qurilish hajmining 46,2 foizi kichik korxona va mikrofirmalar, 23,5 foizi yirik qurilish tashkilotlari hamda 30,3 foiz qismi norasmiy sektor tarkibidadir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring