Oʻtgan yili yoʻl harakati qoidabuzarlariga nisbatan qancha miqdorida jarima qoʻllanilgani ochiqlandi
Oʻtgan yilda jami 7 million 743 ming 125 ta yoʻl harakati qoidabuzarligi aniqlanib, ularga nisbatan yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnomalarda 1 trillion 56 milliard 983 million soʻm miqdorida jarimalar undirilishi belgilangan.
Shulardan, 928 milliard 4 million 993 ming soʻmi foto va video maxsus vositalar orqali aniqlangan, 287 ming 969 ta holatdagi qoidabuzarliklar jismoniy hamda yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini kuzatuv vositasi orqali qayd etilib, qoidabuzarlarga nisbatan 87 milliard 508 mililon soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishida maʼlum qilindi.
Unda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi O. Saidovning “2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasi ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti eshitildi.
Majlisda deputatlar yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyat samaradorligini baholovchi asosiy koʻrsatkichlarga alohida eʼtibor qaratdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring