Oʻtgan yili dunyoda sil kasalligiga chalinish holatlari 4,5 foizga oshdi

11:08 28 Oktyabr 2022 Dunyo
585 0

Foto: Xalq so‘zi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi hisobotiga koʻra, dunyoda sil kasalligining dorilarga chidamli turi koʻpayishi kuzatilmoqda.

Xususan, oʻtgan yili Yer yuzida 10,6 million nafarga yaqin kishi ushbu xastalikka chalingan. Bu 2020-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan 4,5 foizga koʻpdir. Eng yomoni, tuberkulyoz oqibatida 1,6 million nafar bemor hayotdan koʻz yumgan.

Xalqaro ekspertlar fikricha, oʻsish tendensiyasi pandemiya oqibatlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Yaʼni SOVID-19 avj olgan davrda aksariyat mamlakatlarda sil kasalligini aniqlash va davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari koronavirus muolajasi bilan band boʻldi.

Oqibatda koʻp yillardan beri kuzatilmagan holat — tuberkulyozni yuqtirganlar soni oshishi qayd etildi. Jumladan, 2021-yilda sil xastaligining rifampitsin preparatiga chidamli turi 450 ming nafar bemorda aniqlandi. Bu ham 3 foizlik oʻsish koʻrsatkichidir. 

Eslatib oʻtamiz, tuberkulyoz erta bosqichda aniqlanmasa, bemor yil davomida 10-15 kishiga bu xavfli infeksiyani yuqtirishi mumkin. Shu sababli JSST 2035-yilgacha tuberkulyozdan oʻlim koʻrsatkichlarini 95 foizga kamaytirishga doir strategik maqsadni qabul qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер