Oʻtgan yilda IT Park rezidentlari 5 trillion soʻmlik xizmatlar koʻrsatdi

17:29 22 Fevral 2023 Siyosat
946 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida raqamlashtirish boʻyicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Soʻnggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy eʼtibor natijasida maʼlum oʻzgarishlarga erishilgani taʼkidlandi.

Masalan, oʻtgan yilda IT Park rezidentlari 5 trillion soʻmlik xizmatlar koʻrsatdi (2021 yilda 2,5 trillion soʻm), 140 million dollarlik xizmatlarni eksport qildi (2021 yilda 50 million dollar).

Shu bilan birga, mavjud 715 ta davlat xizmatidan 370 tasi raqamli platformaga oʻtkazilib, bu xizmatlardan oʻtgan yili 12 million aholi foydalandi (2021 yilda 9 million boʻlgan).

Raqamlashtirish natijasida 70 dan ortiq turdagi maʼlumot va hujjatlar aholidan talab qilinishi bekor qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер