Oʻtgan 9 oyda 3,6 mln. nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Oʻzbekistonga 9 oyda oyda eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
— Qozogʻiston – 1076,2 ming nafar
— Qirgʻiz R. – 952,1 ming nafar
— Tojikiston – 950,3 ming nafar
— Rossiya – 395,1 ming nafar
— Turkiya – 53,3 ming nafar
— Janubiy Koreya – 13,3 ming nafar
— Germaniya – 13,5 ming nafar
— AQSH – 9,8 ming nafar
— Hindiston – 9,3 ming nafar
— Fransiya – 8,3 ming nafar
— Ozarbayjon – 7,3 ming nafar
— Isroil – 8,4 ming nafar
— Buyuk Britaniya – 7,7 ming nafar
— Italiya – 5,9 ming nafar
— Ispaniya – 4,3 ming nafar.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda kelgan rossiyaliklarning 174,4 ming nafari (44,1 %) ayollar va 220,7 ming nafari (55,9 %)ni erkaklar tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring