Oʻzbekistonga oʻtgan 5 oy davomida 4,2 million nafar turist kelgan
2025-yilning yanvar may oylarida 4,2 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Turistlarning mamlakatlar boʻyicha taqsimoti quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi –1 280,1 ming nafar
Tojikiston – 993,7 ming nafar
Qozogʻiston – 889,6 ming nafar
Rossiya – 334,3 ming nafar
Afgʻoniston – 199,2 ming nafar
Turkmaniston – 142,5 ming nafar
Turkiya – 65,8 ming nafar
Xitoy – 51,9 ming nafar
Hindiston – 28,5 ming nafar
Italiya – 17,4 ming nafar
Boshqa davlatlar – 201,1 ming nafar
Xabarda aytilishicha, yanvar may oylarida tashrif buyurgan sayyohlar koʻrsatkichi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 million nafarga yoki 48,2 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring