«Otaturk» serialining rasmiy treyleri e’lon qilindi
Turkiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan ushbu biografik serial Turkiya zamonaviy davlatchiligi tarixidagi buyuk shaxslardan biri Mustafo Kamol Otaturkning hayoti haqida hikoya qiladi. Aynan uning rahbarlik davrida mamlakatda xalq farovonligi uchun katta islohotlar amalga oshirilgan.
Serialning premyerasi 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mexmet Ada Oztekin rejissyorligidagi filmda Mustafo Kamol rolini «Ichkarida», «Chuqur» seriallari orqali mashhurlikka erishgan aktyor Aras Bulut Iynemli ijro etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring