Ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarga 50foiz koʻproq stipendiya beriladi
Qonunchilikka koʻra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat bogʻchalari va maktablarga navbatga qoʻyilmasdan joylashtiriladi.
Ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda oʻqiyotganda har oʻquv yilida 1 marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda toʻlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring