Samarqandda ota aliment toʻlovi oʻrniga uy hadya qildi

15:00 19 Yanvar 2022 Jamiyat
829 0

Majburiy ijro byurosi Pastdargʻom tumani boʻlimi tomonidan olib borilgan tushuntirish va targʻibot tadbiridan soʻng ota farzandi uchun voyaga yetgunga qadar hisoblangan qarz oʻrniga hovlili uy hadya qildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Pastdargʻom tuman sudining qaroriga koʻra, qarzdor F.F.dan undiruvchi A.A. foydasiga ikki nafar farzandi moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan edi. Mazkur hujjat ijrosi Byuroning tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

F.F. alimentni oʻz vaqtida toʻlashi boʻyicha ogohlantirilgan va u bu majburiyatini ado etib kelayotgan edi. Amaldagi qonunchilikka koʻra, alimentni voyaga yetgunga qadar pul yoki mol-mulk shaklda bir yoʻla berish mumkinligini bilgach, ota ariza bilan murojaat etib, farzandlarining 18 yoshgacha boʻlgan davr uchun aliment mablagʻini hisoblab berishni soʻradi hamda aliment qarzdorligi oʻrniga uy tuhfa etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер