Ot sporti: Muhammaddiyor Raimjonov Polshada oʻtgan xalqaro musobaqada bronza medaliga sazovor boʻldi
Ot sportining uchkurash yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Muhammaddiyor Raimjonov Polshada oʻtgan xalqaro musobaqada bronza medaliga sazovor boʻldi.
Ahamiyatlisi, ushbu natijaga hamyurtimiz Gayevniki-Kolyonya shaharchasida oʻtgan konkur turnirida erishdi.
Chavandozimiz 125 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida uchinchi koʻrsatkichni qayd etdi. Bellashuvlar davomida Raimjonovga “Viola” laqabli tulpori hamrohlik qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring