Oʻsmirlar qishki Olimpiadasida 2 nafar oʻzbekistonlik sportchi togʻ changʻisi dasturida ishtirok etadi
“Kanvon-2024” IV qishki oʻsmirlar Olimpiadasida ishtirok etadigan Oʻzbekiston delegatsiyasi sportchilari Janubiy Koreyaga yoʻl olgani haqida maʼlum qilgan edik.
Ayni paytda atletlarimiz Kanvon provinsiyasining oʻzida “Dream Program 2024” loyihasi asosida musobaqaga qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, boʻlajak oʻsmirlar qishki Olimpiadasi 19-yanvar – 1-fevral kunlari oʻtkaziladi. Unda ikki nafar oʻzbekistonlik sportchi togʻ changʻisi dasturida ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring