Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Xorazmda
Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga Xorazm viloyatida bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Urganch va Bogʻot tumanlarida “Nefro plyus dializ” markazlari, “Buxoro —Urganch — Xiva” temir yoʻlini elektrlashtirish loyihalari roʻyobga chiqarildi.
Xalq banki tomonidan Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Moliyaviy ommaboplik” loyihasi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshmoqda.
Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Yingming Yang boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatida boʻlib, mazkur loyihalar bilan tanishdi, mahalliy hokimiyat organlari vakillari va tadbirkorlar bilan muloqot jarayonida yangi yoʻnalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Odilbek ODAMBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring