Osiyo qitʼasidagi demografiyaning hozirgi holati va uning inklyuziv iqtisodiy oʻsishga hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga taʼsiri

16:17 13 May 2024 Siyosat
647 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Sessiyada 2030-yilga qadar Global kun tartibini amalga oshirishda xotin qizlar ishtirokini oshirish, pandemiyadan keyingi davrda COVID-19 oqibatlarini, qurolli mojarolar va iqlim bilan bogʻliq larzalarning xotin-qizlarga taʼsirini oldini olish, bolalar oʻrtasida nikoh, erta va majburiy nikoh kabi barcha zararli amaliyot turlariga barham berish, ayollarning haq toʻlanmaydigan mehnatini tartibga solish, rahbarlik lavozimlarida ayollar sonini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar mintaqadagi demografiyaning hozirgi holati va uning gender tengligi va jahon iqtisodiyotiga taʼsirini muhokama qiladilar. Mutaxassislar mehnatga layoqatli aholining koʻpayishiga, urbanizatsiya darajasini oshirishga va inklyuziv iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradigan demografiya sohasidagi yutuqlar koʻrib chiqildi.

Sessiya davomida, shuningdek, Osiyo qitʼasi mamlakatlari BMTning Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasi qarorlarini toʻliq amalga oshirishi, xususan, xotin-qizlarga nisbatan inson huquqlari buzilishining oldini olish, ayollar orasida kambagʻallikni bartaraf etish, gender muammolarni hisobga olgan holda moliyalashtirishni oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Maʼruzalar, taklif va tavsiyalarda quyidagilarga alohida urgʻu berildi:

  • 2030-yilgi Global kun tartibini amalga oshirish doirasida Osiyo qitʼasi mamlakatlari duch kelayotgan muammolar va xavflar;
  • COVID-19 oqibatlarining oldini olish uchun mintaqa mamlakatlarida xotin-qizlarning (jumladan hayotida ogʻir vaziyatga tushib qolgan va nogiron ayollarning) huquq va imkoniyatlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
  • Mintaqa mamlakatlarida xotin-qizlarning haq toʻlanmaydigan mehnatini tartibga solish, shuningdek, xotin-qizlar ishsizligini bartaraf etish boʻyicha erishilayotgan natijalar;
  • 2030-yilgi kun tartibidagi barcha maqsadlarga samarali erishish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar (qonunchilik, institutsional);
  • BMTning Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasi qarorining mintaqa mamlakatlarida toʻliq amalga oshirilishi;
  • BMTning Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasi qarorini toʻliq roʻyobga chiqarishga qaratilgan mintaqaviy siyosatni amalga oshirish mexanizm va vositalari;
  • Davlat sektori, xususiy sektor va notijorat sektori saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish hamda BMTning Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasi qarorini amalga oshirish jarayoniga ularni faol jalb qilish uchun koʻrilayotgan choralar;
  • Osiyo qitʼasi mamlakatlarida hozirgi demografik vaziyat;
  • Osiyo qitʼasidagi demografik omillarning iqtisodiy oʻsishga taʼsiri;
  • Osiyo qitʼasi mamlakatlarida ayollar va bolalarning reproduktiv salomatligi masalalarida duch kelinayotgan muammolar va ularning bartaraf etilishi;
  • Qitʼa davlatlarida onalar va bolalar oʻrtasida kasalliklarning oldini olish, ularga erta tashxis qoʻyish va salomatligini mustahkamlash borasida foydalanilayotgan ilgʻor dasturlar;
  • Osiyo mamlakatlarining mintaqadagi demografik vaziyatni yaxshilash borasidagi saʼy-harakatlarini birlashtirish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar va yondashuvlar.
  •  

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер