Osiyo oʻyinlari: Aimbetova va Safarov chorak finalda
Bugundan erkin kurash ustalari ham bahslarga kirishishdi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Nodirjon Safarov (-57 kg) ilk bosqichda gʻalaba qozondi.
Shuningdek, ayollar kurashi dasturida Dilfuza Aimbetova (-62 kg) ham birinchi bellashuvini muvaffaqiyatli oʻtkazib, chorak finalga yoʻl olishdi.
Afsuski, Abbos Rahmonov (-65 kg) eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Endi u eronlik kurashchi finalgacha yetib borgan taqdirda bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring