Osh tuzlarida inson salomatligi uchun muhim boʻlgan yod miqdorining yetishmasligi aniqlandi — SSV
Tanadagi yod miqdorining kamayishi bola miyasi rivojlanishining buzilishi, hatto endemik buqoq, aqliy zaiflik, perinatal va chaqaloqlar oʻlimining koʻpayishiga sabab boʻladi.
Bundan tashqari, yod tanqisligi tugʻma kasalliklar darajasini oshiradi, homila va yangi tugʻilgan chaqaloqlarda miyaning qaytarilmas shikastlanishi, intellektual salohiyatning pasayishiga ham olib keladi.
Vazirlik mutaxassislarining tekshiruvlarida yuqoridagi suratlarda keltirilgan osh tuzlarida inson salomatligi uchun muhim boʻlgan yod miqdorining yetishmasligi aniqlandi.
"Hurmatli fuqarolar!
Sogʻliqni saqlash vazirligi osh tuzini isteʼmol qilayotganingizda, albatta, uning yodlangani va sifatiga eʼtiborli boʻlishingizni soʻrab qoladi" deyiladi SSV murojaatida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring