Ortiqxoʻjayev “SUM” atrofini obodonlashtirishga shaxsiy mablagʻidan 6 mlrd sarflaganini aytdi

13:32 13 Fevral 2021 Iqtisodiyot
1524 0

“Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi xiyobonda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning jamoatchilik vakillari bilan Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab “Istiqlol” majmuasini barpo etish masalasiga oid uchrashuvi boshlangani haqida xabar bergan edik.

Ortiqxoʻjayev shaxsiy mablagʻi bilan bogʻni obodonlashtirganini aytib oʻtdi.

“Bu yer juda tashlandiq ahvolda edi. Yerda har xil narsalar yotardi. Bu yerda “Moviy gumbazlar” restorani oʻrtaga chilimxona qilib qoʻygan edi. Shularni oldirdikmi?! Tozalatdikmi?! Noqonuniy qurilishlar qolmadimi?!

Juda chiroyli joyga aylandi. 6 mlrd pul ketdi. Men bularni shaxsiy mablagʻimdan qilganman. Agar odamlar shu bogʻni yuz yillab saqlanib qolishini xohlasa, meni gapimga kirsin», dedi hokim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер