Ortiqcha vazn va qandli diabetdan xalos boʻlish siri fosh qilindi
“Obesity” jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, kechki vaqtda qilingan mashgʻulotlar, ayniqsa semizlikdan qutilish qadli diabetdan xalos boʻlish uchun eng samarali ekanligi maʼlum boʻldi.
Aniqlashicha, kechqurungi kuchli jismoniy faollikdan soʻng insonning uyquga yotishi hujayralarlarning qondagi shakarni faol isteʼmol qilishiga olib keladi.
Ushbu tadqiqotda glyukozani yaxshiroq nazorat qilish uchun mashqlar vaqtini belgilash muhimligini taʼkidlanmoqda. Mutaxassislar jismoniy mashqlarning insulinga qarshi foydali ekanligini ilmiy jihatdan alaqachon isbotlashgan, ammo bunday mashgʻulotlar uchun kunning optimal vaqti hozirgacha aniqlanmagandi.
Fiziologiya boʻyicha professor Jonatan R. Ruiz insonlarning shunchaki kunni fitness zallarida oʻtkazishi ularga yetarli darajada samara bermasligini taʼkidladi. “Sport va tibbiyot mutaxassislari maksimal foyda olish uchun kunning eng yaxshi vaqtini hisobga olishlari kerak”, degan u.
Ushbu ilmiy izlanish Ispaniyaning Granada universitetida oʻtkazilgan. Tadqiqotda oʻrtacha yoshi 46 yosh boʻlgan 186 nafar koʻngilli qatnashdi. Ishtirokchilarning jismoniy faolligi va glyukoza darajasi 14 kun davomida bilagiga taqiladigan akselerometrlar yordamida monitoringi qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring