Ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olinadi

19:29 22 May 2023 Siyosat
654 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yigʻilishida dastlab “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda soʻnggi yillarda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar sud hokimiyati mustaqilligini, sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash bilan birga fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi yagona sud amaliyotini taʼminlash, huquqni qoʻllash amaliyotida vujudga kelayotgan ayrim muammo va qonunchilikdagi boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, unda bir qator yangiliklar oʻz aksini topmoqda.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi sudyalarning masʼuliyatini oshirishga, ishlarning sifatli va oʻz vaqtida koʻrilishiga, sud qarorlarini qayta koʻrishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ortiqcha sarsongarchiliklarga yoʻl qoʻymaslikka xizmat qiladi.

Deputatlarning fikricha, adolatning qaror topishida sud hokimiyatining oʻrni katta. “Adolat” SDP ham sud hokimiyati mustaqil, sudlar esa adolat qoʻrgʻonlari boʻlishi tarafdori. Shu bois, fraksiya aʼzolari partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Qizgʻin muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi qoʻllab-quvvatlandi.

Yigʻilishda shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti koʻrib chiqildi va deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер