Oʻrta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi

13:33 05 Dekabr 2024 Jamiyat
347 0

Foto: FVV

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi ishlab chiqarish korxonasi maʼmuriy-xoʻjalik binosida gaz portladi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 5-dekabr kuni soat 07:46 da Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani, “Kim Pen Xva” MFY, Qutb Yulduzi koʻchasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi maʼmuriy-xoʻjalik binosida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan. Chaqnashdan soʻng yongʻin yuzaga kelmagan.

Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

“Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor A.X.Qoʻldoshev yetib bordi va uning rahbarligida vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman hokimiyati, Prokuratura, IIB, SSB, “Hududgaztaʼminoti” rahbar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda FVVning yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyida amaliy harakatlarni olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер