Oʻrtachirchiqda ikki qoʻshnining janjali birining oʻlimi bilan tugadi

14:01 08 Iyun 2020 Jamiyat
1627 0

2020-yilning 4-iyun kuni taxminan soat 02:00 da fuqaro 36 yoshli N.B. mast holatda oʻzi yashab kelayotgan Oʻrtachirchiq tumani Guliston koʻchasida qoʻshnisi 38 yoshli M.Sh. bilan oʻrtasida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan va janjal davomida N.B. qoʻshnisi M.Sh.ni bosh qismiga qattiq toʻmtoq jism bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada M.Sh. birinchi tibbiy yordam koʻrsatilmasdan qolganligi oqibatida olgan ogʻir tan jarohatlari bilan 4-iyun kuni 16:00 larda hodisa joyida vafot etgan holatda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻrtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan N.B. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер