Orolning qurigan tubida 100 ming gektarda “yashil qoplama”lar barpo etiladi

19:40 11 Oktyabr 2023 Siyosat
694 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻrmon xoʻjaliklarida 5 million dona daraxt ekish, chiqindi poligonlari atrofida va yirik sanoat korxonalari hududida “yashil belbogʻ” yaratish, dala chetlarida 20 million tup terak, tut va uzum ekish, bogʻcha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 3,5 million dona koʻchat ekish, Orolning qurigan tubida 100 ming gektarda “yashil qoplama”larni barpo etish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Yigʻilishda daraxtlar va yashil hududlarni parvarish qilishni yaxshilash maqsadida obodonlashtirish boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish masalasi koʻrib chiqildi.

Bu borada hozirda shahar va tumanlardagi obodonlashtirish xizmatini xususiy sektorga berish, har bir koʻchani daraxtlari bilan alohida-alohida lot qilib, bir yillik mablagʻi bilan ochiq tanlovga qoʻyish taklifi oʻrganilmoqda.

Bu tartibni avvalo tajribadan oʻtkazib koʻrish, natijasiga qarab barcha tuman va shaharlarni ushbu tizimga oʻtkazish lozimligi qayd etildi.

Yigʻilish davomida hududlar, vazirlik va idoralar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер