Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlashtirishning navbatdagi mavsumi boshlandi
Buning uchun samolyotlar, deltaplanlar, yuzlab qishloq xoʻjaligi texnikasi va minglab mutaxassislar shay. Bu haqda FVV axborot xizmati maʼlum qildi.
Oʻtgan davr mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan Orol dengizining qurigan qismida 1 million 620 ming gektar maydonda saksovul, tamariks va boshqa choʻl oʻsimliklaridan iborat oʻrmon barpo etildi.
Orolqumda 2023-yil davomida yana 100 ming gektar maydonda oʻrmonzorlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mavsumning ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vaziri A. X. Qoʻldoshev, Joʻqorgʻi Kengesi raisi A. T. Oʻrinboyev, Ekologiya partiyasi raisi A. Hamzayev va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring