Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi tashkil etiladi

12:30 10 Noyabr 2020 Jamiyat
1761 0

Hukumat qarori bilan (701-son, 09.11.2020-y.) 2021/2022 oʻquv yilidan Toshkent tumani oʻrmon xoʻjaligi kolleji negizida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi tashkil etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Texnikum respublikadagi oʻrmonchilik sohasidagi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oʻrta maxsus professional taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Oʻrmon xoʻjaligi va uning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning uzluksizligi va uzviyligi asosida kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim bosqichlarida oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyalashgan dasturlar asosida kadrlar tayyorlash Texnikumning asosiy vazifalaridan biridir.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi har yili 15-yanvarga qadar oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha qabul parametrlariga takliflarni kasblar va mutaxassisliklar hamda hududlar boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер